«chang-qumli tuman» tegli maqolalar


Toshkentda kuzatilgan chang konsentratsiyasi «misli ko‘rilmagan va o‘ta xavfli» — Texas universiteti olimi
15 noyabr 2021, 23:12 1

Toshkentda kuzatilgan chang konsentratsiyasi «misli ko‘rilmagan va o‘ta xavfli» — Texas universiteti olimi

NASA olgan quyuq changli tuman ostidagi Toshkent surati earth.com saytida kun fotosi sifatida e’lon qilindi. Iqlimshunos olim Tomas Gill Toshkentda qayd etilgan chang konsentratsiyasini «misli ko‘rilmagan» deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shahar hududi atmosferasida qayd etilgan eng yirik PM10 qiymatlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi, ular qanchalik xavfli va mutasaddilar qanday chora ko‘rishlari zarur?
10 noyabr 2021, 10:28

Chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi, ular qanchalik xavfli va mutasaddilar qanday chora ko‘rishlari zarur?

Qum va chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi? Ular atrof-muhit, inson salomatligi va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Qanday ehtiyot choralariga amal qilish zarur va mutasaddilardan qanday choralarni ko‘rish talab etiladi? «Gazeta.uz» JMT, UNEP, JSST va boshqa tashkilotlar ma’lumotlari asosida mavzu yuzasidan sharh tayyorladi.

Chang konsentratsiyasi eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
9 noyabr 2021, 22:38

Chang konsentratsiyasi eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

O‘zgidromet 4 noyabr kuni havodagi changning eng yuqori konsentratsiyasi Toshkent (33 marta), Chirchiq (26), Guliston va Olmaliq (20), Bekobod (18) va Buxoro (14) shaharlarida kuzatilganini ma’lum qildi. Boshqa hududlarda esa bu ko‘rsatkich 2 dan 8 martagacha bo‘lgan.

“Bu bizning qumlarimiz emas”. Prezident va poytaxt hokimi chang-qumli tuman haqida
9 noyabr 2021, 17:32

“Bu bizning qumlarimiz emas”. Prezident va poytaxt hokimi chang-qumli tuman haqida

“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent hokimiga chang-qumli tuman va ekologik muammolar haqida savol berdi. Jahongir Ortiqxo‘jayev esa changning Qozog‘istondan kirib kelganini aytib, provokatsiya qilmaslikni so‘radi. U “Gazeta.uz"ga ekologiya mavzusida tadbir tashkil etishni taklif qildi va buni hokimlik qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ham chang tashqaridan kelganini aytgan edi.

Changda inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas — Innovatsiya vazirligi
9 noyabr 2021, 17:11

Changda inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas — Innovatsiya vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkentda kuzatilgan chang-qumli bo‘rondang so‘ng «Beruniy» metro bekati va «Akadem shaharchasi» hududidan olingan chang namunalari xavfsiz bo‘lib chiqqanini ma’lum qildi. «Chang tarkibida og‘ir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas», — deyiladi xabarda.

Toshkent havosidagi chang miqdori normal ko‘rsatkichga qaytdi
8 noyabr 2021, 14:34

Toshkent havosidagi chang miqdori normal ko‘rsatkichga qaytdi

8 noyabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmadi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Balki, yetar endi?
8 noyabr 2021, 14:13

Balki, yetar endi?

O‘zbekiston shahar va qishloqlarini chang-to‘zonli tuman qopladi. Bunday paytda ochiq havoda bo‘lish sog‘liq uchun xatarlidir. Ayni paytda mamlakatdagi daraxtlar va yashil bog‘lar, dalalar, ko‘l va daryolar najot so‘rab iltijo qilmoqda. Agar ularning gapirishga zaboni bo‘lganida, bizga nima degan bo‘lishardi? Botir Qobilov ruknida shu haqda hikoya qilinadi.

Yakshanba kuni 349 kishi nafas siqishi muammosi bilan murojaat qilgan — SSV
8 noyabr 2021, 12:23

Yakshanba kuni 349 kishi nafas siqishi muammosi bilan murojaat qilgan — SSV

7 noyabr kuni respublika bo‘ylab 3768 kishi «Tez yordam» xizmatiga murojaat qilgan. Shundan 349 tasi chang-qumli bo‘ron natijasida nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq chaqiriq bo‘lgan.

Toshkentda chang konsentratsiyasi pasaygan, ammo xavfliligicha qolmoqda
6 noyabr 2021, 15:09

Toshkentda chang konsentratsiyasi pasaygan, ammo xavfliligicha qolmoqda

Shanba kuni soat 11:00 da Toshkentda havoning chang bilan ifloslanganlik darajasi ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 6,7 barobar yuqori edi. Bu juma kunidan kamroq (8 marta), lekin hali ham sog‘liq uchun xavfli. Ob-havo sharoiti changning to‘liq tarqalib ketishiga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekistonda 150 yil ichida bunday hodisa kuzatilmagan — «O‘zgidromet» changli tuman haqida
5 noyabr 2021, 16:49

O‘zbekistonda 150 yil ichida bunday hodisa kuzatilmagan — «O‘zgidromet» changli tuman haqida

Kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-g‘ubor xodisalari yuzasidan «O‘zgidromet» hududlar kesimidagi tafsilotlarni e’lon qildi. Markaz 150 yil davomida bunday holat ilgari kuzatilmagani qayd etdi. Payshanba oqshomida havodagi changning ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishi 30 baravarga yetdi, keyin esa 10 baravarga tushdi.

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent
5 noyabr 2021, 12:42

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent

Toshkentga qumli tuman olib kelgan shamol to‘xtadi, ammo chang havoda saqlanib turmoqda. Poytaxt ko‘chalari sariq rangga burkangan. Noodatiy ob-havo hodisasi haqidagi fotoreportaj — «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Toshkentliklar changli tuman tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda
5 noyabr 2021, 00:55

Toshkentliklar changli tuman tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda

Toshkentdagi changli tuman tufayli nafas olish muammosi bilan kamida uch kishi Respublika allergiya markazi va 1-shahar kasalxonasiga murojaat qildi. Allergiya va nafas olish muammolari bo‘lgan odamlarga uyda qolish, derazalarni yopish va xonalarni namlantirish tavsiya etiladi.

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi
5 noyabr 2021, 00:43

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi

Toshkent ko‘chalari va ulardagi obyektlar ustini chang qopladi. U kiyimlarga ham o‘tirib qolmoqda, qolaversa, binolar ichida ham sezilayapti. Poytaxtdagi chang-qumli tumandan fotoreportaj.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting